Ikki tilli subtitr
Inglizcha subtitr bilan birga o‘zbekcha yoki ruscha tarjimasi bir vaqtda ko‘rinadi.
Yuklanmoqda…
Platforma haqida
Langflix — kino, serial va podkastlarni interaktiv subtitrlar bilan tomosha qilib, ingliz tilini o‘rganadigan platforma. Bu sahifada u nimalar qila olishi to‘liq jamlangan.
Pleyer oddiy video emas — u til o‘rganish uchun qurilgan.
Inglizcha subtitr bilan birga o‘zbekcha yoki ruscha tarjimasi bir vaqtda ko‘rinadi.
Subtitrdagi so‘zga bosing — tarjimasi, talaffuzi (IPA), so‘z turkumi va iboralari chiqadi.
Jumlaga ikki marta bosing — butun gapning tarjimasi ochiladi.
Avval quloq bilan tushunishga urining, kerak bo‘lsa subtitrni bir bosishda oching (H tugmasi).
0.5× dan 2× gacha tezlik va har jumla oxirida avtomatik to‘xtash — gapni tushunib olishga ulgurasiz.
A — oldingi jumla, S — jumlani qaytarish, D — keyingi jumla, bo‘sh joy — pauza.
YouTube’dagi videolar ham o‘zbekcha tarjimasi video vaqtiga moslangan holda ko‘rsatiladi.
Ko‘rganingizni mustahkamlash uchun to‘rt xil mashq — hammasi aynan siz ko‘rgan epizod jumlalaridan.
Jumlani tinglang va to‘liq yozib chiqing — har bir so‘z to‘g‘ri yoki xato ekani alohida ko‘rsatiladi.
Jumladagi 1–2 ta so‘z yashiriladi — eshitib, o‘rniga yozasiz.
Videoning 80 foizini ko‘rgach ochiladi: jumladagi bo‘sh joyga to‘g‘ri so‘zni 4 ta variantdan tanlang.
Har kuni lug‘atingizdagi so‘zlardan 10 tagacha savol: so‘z va uning to‘g‘ri tarjimasi.
Har bir notanish so‘z kontekst bilan birga saqlanadi.
So‘zni lug‘atga qo‘shing — u uchragan jumla va epizod ham birga saqlanadi.
So‘z shakllari (went → go), iboralar va idiomalar avtomatik topiladi; lug‘atda bo‘lmagan so‘z avtomatik tarjima qilinadi.
Saqlangan so‘zlar kunlik test orqali muntazam takrorlanadi va yodda qoladi.
O‘rganish odatga aylanishi uchun — maqsad, statistika va o‘yin elementlari.
Kuniga necha daqiqa o‘rganishni o‘zingiz tanlaysiz — halqa tomosha qilgan sari to‘lib boradi.
Ketma-ket kunlar, jami tomosha vaqti, o‘rganilgan so‘zlar va tugatilgan epizodlar bir joyda.
Haqiqatan 80 foizdan ko‘prog‘i ko‘rilgan epizod “Yakunlandi” deb belgilanadi — oldinga o‘tkazib yuborilgan joylar hisobga olinmaydi.
Viktorina, yozish mashqi va kunlik testdagi to‘g‘ri javoblar uchun tanga yig‘asiz.
Har dushanba haftaning eng faol uch ishtirokchisi bonus oladi: +15, +10 va +5 tanga.
Birga o‘rganish — qiziqroq va samaraliroq.
Username yoki email orqali qidiring yoki shaxsiy taklif havolangizni yuboring.
Matn, rasm, video, audio va fayllar (200 MB gacha), xabarni tahrirlash, o‘chirish va emoji reaksiyalar.
Kino xonasi oching: video hammada bir vaqtda o‘ynaydi, kimdir pauza qilsa yoki o‘tkazsa — hammaga yetadi. Yonida umumiy chat.
Do‘stlaringiz bilan shu haftada yig‘ilgan tangalar bo‘yicha bellashing.
Darajangizga mos kino, serial va podkastlar.
Fasl va epizodlar bo‘yicha tartiblangan kutubxona hamda mavzuli pleylistlar.
Har kinoning darajasi (A1–C2) ko‘rsatiladi — katalogni daraja va tur bo‘yicha saralang.
Kino, serial va epizodlarni nomi bo‘yicha yozish davomida qidiring.
Yoqqan kino havolasini bir bosishda do‘stlarga yuboring.
Istalgan joyda, o‘zingizga qulay tilda.
O‘zbekcha, ruscha va inglizcha — tilni istalgan paytda almashtiring.
Telefon, planshet va kompyuterda brauzer orqali ishlaydi — hech narsa o‘rnatish shart emas.
Ona tili, daraja, kunlik maqsad va profil rasmi.
Ro‘yxatdan o‘tish email’ga kelgan kod bilan tasdiqlanadi, parol shifrlangan holda saqlanadi.
Yangi kino qo‘shish — bir necha bosish, qolganini platforma o‘zi bajaradi.
Brauzer o‘ynatmaydigan formatlar (AVI, WMV, MKV…) avtomatik ravishda MP4 ga o‘giriladi.
Videodagi nutq sun’iy intellekt (Whisper) yordamida vaqtga moslangan subtitrga aylantiriladi.
Subtitrlar o‘zbek va rus tillariga mashina tarjimasi bilan o‘giriladi.
Video yoki pleylist havolasini bering — epizodlar va subtitrlar avtomatik yaratiladi.
TXT, SRT, VTT, DOCX va PDF fayllar o‘zbekchaga tarjima qilinib, Word hujjat sifatida qaytadi.
Email’ingizga kelgan 4 xonali kod bilan — bir daqiqada.
Katalogdan darajangizga mos kino yoki serialni toping.
Notanish so‘zni bosing, tarjimasini ko‘ring va lug‘atga saqlang.
Viktorina va kunlik test bilan mustahkamlang, tanga yig‘ing.
Sevimli kinongiz — eng qiziqarli ingliz tili darsligi.